Yangi Oʻzbekistonning yangi yoshlari har jabhada yurtimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtarmoqda. Ana shunday hamyurtlrimizdan biri yosh boʻlishiga qaramasdan boʻsh vaqtidan unumli foydalanayotgan 8 yoshli 2 karra Osiyo chempioni Qiziltepalik Xolpoʻlatov Umidjon Laziz oʻgʻlidir.
Sentyabr oyida maktabga ilk qadamini qoʻygan chempion yutuqlari bilan cheklanib qolmasdan yana bir bora ustozlari va ota-onasi ishonchini oqladi. Yaqinda Qozogʻiston Respublikasida boʻlgan musobaqada yurtimiz bayrogʻini yana bir bora yuksaklarga koʻtardi.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil oladigan Umidjon oʻqishda ham tengdoshlariga oʻrnak boʻla oladigan ana shunday yosh avlodni tarbiyashga oʻz hissamni qoʻshayotganimdan qalbim gʻurur va iftixorga toʻldi. Men ishonaman, bunday yoshlarimiz kelajakda yurtimiz bayrogʻini jahon arenalarida ham yuksaklarga koʻtarilishida oʻz hissasini qoʻsha oladi. Ustozi va ota-onasiga cheksiz minnatdorchilik bildiraman.
Boltayeva Latofat