Nodirbek Abdusattorov nufuzli Champions Chess Tour-2023 musobaqasining yarim finaliga chiqdi.
Kanadaning Toronto shahrida o`tayotgan CCT-2023 turnirining final raundida yil davomida 6 ta yirik shaxmat musobaqasida eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar grossmeyster qatnashdi.
Nodirbek Abdusattorov dastlabki saralash bahslarida 4-o`rinni qo`lgan kiritdi. Chorak finalda esa Fabiano Karuanaga qo`shimcha bahsda yutqazib qo`ydi. Ammo unda yana bir imkon bor edi.
Nodirbek o`tish o`yinida Hikaru Nakamura bilan kuch sinashdi. Dastlabki 2 ta o`yinda durang bo`lgach, Armageddon tay-brek bahsiga navbat keldi. Qora donalarda raqibidan 5,5 daqiqa kamroq vaqt bilan o`ynagan Nodirbek g`alaba qozonishi uchun durang ham kifoya edi. Hamyurtimiz buning uddasidan chiqdi hamda yarim finalga yo`l oldi.
Yarim finalda hamyurtimiz yoki Uesli So, yoki Magnus Karlsen bilan o`ynaydi. Saralash roundi g`olibi sifatida Uesli So o`ziga raqib tanlash huquqiga ega. U yoki Nodirbekni, yoki Karuanani tanlashi mumkin.
Yarim final bahslari bugun va ertaga bo`lib o`tadi.
Musobaqa g`olibi 200 ming AQSh dollari, 2-o`rin esa 100 ming AQSh dollari oladi. Yarim finalda mag`lub bo`lgan ikki nafar shaxmatchiga esa 50 ming AQSh dollari beriladi. Ya'ni Nodirbek allaqachon 50 ming dollarni naqd qilib qo`ydi. Endi buyog`iga finalga chiqish va chempion bo`lish sari harakat qiladi.