x

Jismoniy faollik kundalik o`yinlarning bir qismi sifatida bola hayotida juda erta boshlanishi mumkin. Yosh bolalar uchun mashg`ulot tanlaganingizda vaqtichog`lik va o`yinlarga e'tibor bering. Har kuni kamida 30 daqiqa qorinda yotish kichkintoylarning o`sishi va rivojlanishiga yordam beradi. 1-5 yoshdagi bolalar har kuni kamida uch soat davomida jismoniy faoliyat, shu jumladan, energiya sarflovchi o`yinlar bilan shug`ullanishlari zarur.

Kundalik jismoniy faoliyat: ko`ngilochar mashg`ulotlarga e'tibor qaratish

Chaqaloqlar, kichkintoylar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy faoliyat tanlaganingizda quvnoq mashg`ulotlarga e'tibor qarating.

Agar bolalarga qilayotgan ishlari yoqsa, ular buni davom ettirishni xohlaydilar. Bolalarga yoqadigan jismoniy faoliyat ularning o`ziga bo`lgan ishonchini va yaxshi harakat qilish qobiliyatini oshiradi.

Jismoniy faoliyat farzandingizning sog`lom o`sishi va rivojlanishi uchun juda muhimdir. U farzandingizning hayotida kundalik o`yinlarning bir qismi sifatida juda erta boshlanishi mumkin.

0-2 yoshdagi bolalar uchun jismoniy faoliyat chaqaloq yurishdan oldin

Hatto kichkina chaqaloqlar ham o`ynashni yaxshi ko`radilar. Polga (yoki hovlida o`tlarning ustiga) to`shalgan adyol chaqaloqlar qorniga yotgan holda boshini ko`tarishni mashq qilishi uchun xavfsiz va toza joy vazifasini o`taydi. Bunday mashqlar kuchli mushaklarni rivojlantirishga yordam beradi.

Yerga yoki polga to`shalgan adyol bola o`tirishni, emaklashni va sirg`alishni o`rganishi uchun ham ajoyib imkondir. U talpinib, olishga harakat qilishi uchun o`yinchoqni yoki biror buyumni undan biroz nariroqqa qo`ying.

Qo`liga olib, ushlashi mumkin bo`lgan buyumlar, masalan, qog`oz quti qorniga yotgan paytdagi vaqtini qiziqroq o`tkazishiga yordam beradi. Yorqin ranglar, nuqta, kvadratchalar yoki yulduzlardan aks etgan rasmlar, yorqin, tusini o`zgartiruvchi buyumlar va turli tovushlar ham farzandingizni qiziqtirishi mumkin.

Farzandingizni chapak chalishga undab, uni so`zlar, qofiyalar, qo`shiqlar bilan boyitib, "Chapakka ho-ho","Aji, ku-ku" kabi harakatli o`yinlar o`ynatishingiz mumkin.

Farzandingizni polga yotqizganda atrofida xavfli buyumlar yo`qligiga ishonch hosil qiling. Bolaning yonidan uzoqlashmang, bu xavfsizlikni ta'minlash uchun zarur.

Chaqaloq yurishni boshlaganda

Farzandingiz yura boshlaganida tez-tez harakatlanishiga imkon bergan holda uni  rag`batlantirishingiz mumkin.

Masalan, zinadan chiqish (nazorat ostida) kabi bolani harakat qilishga undovchi o`yinlar va mashg`ulotlarni topish mumkin.

Farzandingiz bilan o`ynash va yugurishni, sakrashni, raqs tushishni o`rganganida maqtashingiz bolani yanada olg`a yurishga undaydi.

2-5 yoshdagi bolalar uchun jismoniy faoliyat

Kichkintoylar va maktabgacha yoshdagi bolalar uyda, mahallangizda va boshqa xavfsiz, nazorat qilish imkoni bor qiziqarli joylarda o`ynashlari uchun ularga ko`proq bo`sh vaqt kerak bo`ladi.

Jismoniy faoliyat bilan vaqtni chog` o`tkazish uchun ba'zi g`oyalar:

Zarb berish, sakrab uloqtirish, tepish uchun katta, yumshoq to`plardan foydalaning. Tanlagan joyingiz to`plar uchun xavfli bo`lsa, dumaloqlangan paypoqlardan foydalanishingiz mumkin.

• Quvib o`tish, bo`r bilan chizilgan chiziq bo`ylab yurish, ko`lmaklar ustidan sakrash kabi har xil harakat turlarini o`z ichiga olgan o`yinlar o`ylab toping.

• Turli xil musiqalar chaling, ovozingiz yoki biror asbob yordamida tovushlar chiqaring.

"Hayvonlarni top" o`yinini o`ynab, maymun kabi yugurishingiz, quyon kabi sakrashingiz, qush kabi qanot qoqishingiz mumkin.

Farzandingiz tayyor bo`lganda velosipedda, samokatda yoki uch g`ildirakli velosipedda uchishni o`rganishiga imkon bering. Albatta, bu nazoratingiz ostida bo`lsin. Unga yuk mashinalari, qo`g`irchoq aravachasi va chim o`ruvchi mashina kabi itarib (g`ildiratib) o`ynaladigan o`yinchoqlar ham yoqishi mumkin.

Farzandingiz qanday jismoniy faoliyatga muhtoj? Kichkintoylar va maktabgacha yoshdagi bolalar kun davomida kamida uch soat jismoniy faol bo`lishlari kerak. Barcha bolalar har kuni faol o`yinlar o`ynashlari kerak, uch yoshdan oshgan bolalar esa har kuni kamida bir soat faol o`yinlar o`ynashlari zarur.

To Top ↑
To Top ↑