Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni damda Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etishmoqda.
Forum Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan bo`lib, unda butun dunyodan ta'lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashishmoqda.
Butunjahon ta'lim forumi: bugungi kundagi ta'lim sohasida mavjud muammolarga ijobiy echim topish,
— yuzaga kelgan ta'lim va o`quv masalalarida firk almashish,
— ta'lim jarayonidagi yangiliklar haqida taqdimotlar o`tkazish,
—davlatlar tomonidan ta'limning turli xil yo`nalishlaridagi muvaffaqiyatlar bilan bo`lishish uchun xalqaro maydon hisoblanadi.
Ma'lumot o`rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o`tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Forum 10 maygacha davom etadi.