x

Jahon yangiliklari

Omsk viloyatida sodir bo`lgan yong`in oqibatida ikki nafar bola halok bo`ldi. Bu haqda 6-may, shanba kuni viloyat bo`yicha Tergov qo`mitasi ma'lum qildi.

Hodisa Nazivayevsk shahrida sodir bo`lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko`ra, yong`in Moskva vaqti bilan 2:00 atrofida boshlangan. Yong`inni bartaraf etish jarayonida esa 2009 va 2010 yillarda tug`ilgan ikki nafar o`g`il bolaning jasadi topilgan.

"Bugun tunda Nazivayevsk shahrida joylashgan turar-joy binolaridan birida sodir bo`lgan yong`in oqibatida 2 nafar o`g`il bola hayotdan ko`z yumdi. Ularning o`limi yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi ("Ehtiyotsizlik oqibatida 2 va undan ortiq odamning o`limiga sabab bo`lish") asosida jinoyat ishi qo`zg`atildi", — deyiladi departamentning telegramdagi rasmiy sahifasida e'lon qilingan bayonotda.

To Top ↑
To Top ↑