x

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi bog`cha rahbari xizmat vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo`yganligi uchun lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilishicha, mazkur bog`cha rahbari bog`cha hududiga begona shaxsni kirishiga yo`l qo`yib berganligi, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo`yganligi, ichki mehnat tartib-qoidalarini buzganligi va o`z xizmat vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilingan.

Hozirda qizlarga haqiqatda tegajog`lik qilingani yoki yo`qligi holati yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Eslatib o`tamiz, bir nechta ota-onalar Chilonzor tumanidagi 230-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasining 15 yoshli o`g`li ularning 6 yoshli qizlariga tegajog`lik qilgani haqida IIBBga shikoyat qilgandi.

To Top ↑
To Top ↑