Jahon yangiliklari
"Reuters" xabardarigi ko`ra, 5 aprel' kuni Braziliya janubidagi Santa-Katerina shtatida kichik bolta bilan qurollangan erkak 4 nafar bog`cha tarbiyalanuvchisini o`ldirdi.
Qayd etilishicha, bolta ko`targan 25 yoshli erkak bog`chaga hujum qilishi oqibatida 4 nafar tarbiyalanuvchi halok bo`lgan, yana 4 nafari jarohat olgan.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, hujumni amalga oshirgan shaxs qo`lga olingan.
Mamlakat Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva ham voqeaga e'tibor qaratib, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirgan. U, shuningdek, o`zining Twitter sahifasida bunday holatlarga yo`l qo`yib bo`lmasligini ta'kidlagan.