Mahalliy yangiliklar
Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan tibbiyot fanlari nomzodi Saidov Maksud Arifovich Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
1986 yilda tug`ilgan M.Saidov Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagach, Rossiyaning akademik A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiyot markazida klinik ordinatura bo`yicha tahsil olgan.
2015 yildan 2018 yilgacha ushbu nufuzli tibbiyot markazida vrach-kardioxirurg sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Germaniya va Belarus' Respublikasining etakchi klinikalarida malaka oshirgan.
2018 yilda O`zbekistonga qaytib, Samarqand viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar kardioxirurgiyasi bo`limi mudiri sifatida ish boshlagan.
Bir necha xorijiy tilda erkin muloqot qila oladigan M.Saidov 2020 yildan beri Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi