x

Mahalliy yangiliklar

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko`ra, 2023 yil, 1 apreldan boshlab pensiya tayinlashda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 so`m;

yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 so`m;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 so`m;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 747 000 so`m;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 so`mdan) 747 000 so`mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 747 000 so`m;

ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda – oyiga 535 000 so`m;

o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo`lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 so`m;

boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 535 000 so`m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun – 198 000 so`mdan qo`shiladi;

boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 535 000 so`m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to`lananadi.

To Top ↑
To Top ↑