x

Mahalliy yangiliklar

Ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o`rtacha ko`rsatkichini hisoblash va uni oliy ta'lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

2022-2023 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta, o`rta maxsus ta'lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta'limning so`nggi 6 yillik baholari o`rtacha ko`rsatkichi kiritiladi va ushbu ko`rsatkich 2023-2024 o`quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta'limning so`nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi ballga qo`shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o`rtacha ko`rsatkichi 6–11-sinflardagi yoki 6–9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig`indisini o`qitilgan fanlarga bo`lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o`tkaziladi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56% gacha – 2 baho.
Ushbu tartib 2022-2023 o`quv yilidan qo`llanadi.

Mazkur qaror loyihasi Davlat test markazi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Halq ta'limi vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga qadar ishlab chiqilgan edi.

To Top ↑
To Top ↑