Mahalliy yangiliklar
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta'lim va tarbiya hamda umumiy o`rta ta'lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Mehrli maktab” davlat ta'lim muassasasi tashkil etildi.
Qayd etilishicha, markazda davolanayotganlar uchun alohida ishlab chiqilgan o`quv rejasi asosida 1–11-sinflar hajmida umumiy o`rta ta'lim beriladi.
Dars mashg`ulotining davomiyligi boshlang`ich ta'lim (maktab)ning 1–4 sinflarida – 35 daqiqa, 5–11 sinflarida – 40 daqiqa bo`ladi. Bunda bir kunlik dars mashg`ulotlari 1–4 sinflarda 3 soatdan,
5–11 sinflarda 4 soatdan oshmasligi lozim.
Shuningdek, o`quv haftasi davomiyligi 5 kunlik asosida olib borilishi belgilangan.
Ma'lumot o`rnida eslatib o`tish lozimki, mazkur turdagi maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo`lib, Halq ta'limi vazirligi huzurida tashkil etiladi.