Mahalliy yangiliklar
Qonunchilikka ko`ra, koxlear implantatsiya operatsiyalari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o`tkaziladi.
Bemor bolalar uchun koxlear implantatsiya operatsiyasini o`tkazish va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya tadbirlari bepul amalga oshiriladi.
Shuningdek, implantatlar 5 yoshga to`lmagan bolalarga bepul taqdim etiladi.
Bolaning ota-onasi, ularning o`rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylar bepul implantat hisobiga operatsiya uchun navbat kutishni istashmasa, implantatni o`zlari sotib olishlari mumkin.
Yoshidan qat'i nazar, meningit kasalligi natijasida eshitish qobiliyatini yo`qotgan bemor bolalarda olti oy ichida koxlear implantatsiya operatsiyasi o`tkaziladi va ularga implantat bepul asosda taqdim etiladi. Bemor bola meningit kasalligi natijasida eshitish qobiliyatini yo`qotgan vaqt uning kasallik tarixidan ko`chirmaga asosan aniqlanadi.
5. Implantat faqat bitta quloq uchun bepul taqdim etiladi.
Oilada ikki yoki undan ortiq 5 yoshga to`lmagan bemor bola bo`lganda, koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari samaradorligini ta'minlash maqsadida, implantat bir kalendar' yilda ulardan faqat bittasiga bepul taqdim etiladi.
Ma'lumot uchun: Koxlear implantatsiya operatsiyalari ikki tomonlama sensonevral eshitish pastligining III-IV darajalari qayd etilgan yoki kar bo`lgan shaxslarning eshitish qobiliyatini ko`p kanalli elektrod yordamida ichki quloqqa stimul berish orqali tiklash maqsadida o`tkaziladi.