Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan Shimoliy Karolina maktabi hammomlarida joylashgan oynalarni olib tashlashga qaror qildi. Bunga sabab TikTok videolarini olishga toʻsqinlik qilish uchun. Bu haqda WTVD nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu maktab oʻquvchilari vannaxonada odatdagidan koʻproq qolib ketmoqda. Qolaversa, ularning koʻpchiligi dars vaqtida chiqib ketishmoqda. Tekshiruvlardan soʻng, bu holat TikTok videolarini olish bilan bog'liqligi ma'lum boʻldi.
Bu o'zgarishdan so'ng hammomdagi "tanaffuslar" keskin pasaygani kuzatilgan. Shu bilan bir qatorda, maktab ma'muriyati o'quvchilarni darsdan chiqish va kirish vaqtida maxsus ruhsat talab qiluvchi zaldan o'tish sistemasini joriy qildi.