x

Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan "Yenişehir" aeroportida 6 yoshli bola tekshiruv apparatidan o'tayotgan vaqtda ogohlantirish sirenalari yangrab ketdi. Bunga sabab uning sumkasida qurol aniqlangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, 6 yoshdagi Selim Ko'se ismli ushbu bolakay bobosi va buvisini Umra safariga kuzatish uchun kelgan. Tekshiruv yo'lakchasida xavfli deb gumonlangan sumkani politsiya xodimlari nazorat ostiga olgan. Ochib ko'rilgach esa, undagi qurol o'yinchoq ekani aniqlangan. Ofitserlar bilan ko'tarilgan uzoq kulgudan keyin jajji "jinoyatchi" amakilari bilan biroz o'ynab, qarindoshlarini kuzatib, uyiga yoʻl oldi.

To Top ↑
To Top ↑