Rossiya Davlat dumasi deputati Svetlana Bessarab bola tarbiyalash ta'tiliga chiqqan otalar mehnat bozorida talabgir bo'lgan kasblarni bepul o'rganishi va malaka oshirishi mumkinligi haqida ma'lum qildi.
Parlament a'zosining ta'kidlashicha, u hukumatga ota-onalik ta'tiliga chiqqan otalar ham onalar kabi kasbiy ta'lim olishda ijtimoiy kafolatlarga ega bo'lishi mumkinmi, degan mazmunda so'rov yuborgan.
"Mamlakatimizda avval faqat tug'ruq ta'tilidagi onalar bunday huquqqa ega edilar. Men bu masalada uzoq kurashdim va menga ijobiy javob berishdi. Endi otalar ham bu borada imtiyozga ega bo'ladi", – deydi deputat.
Ma'lumot uchun: 2023-yilda 30 mingga yaqin erkak bola parvarishlash ta'tiliga chiqqani ma'lum qilingan.