Amerika Qo’shma Shtatlarining Ayova shtati TikTok platformasini sudga berdi. Ushbu da’vo arizasi bolalar uchun mos bo’lmagan kontent va belgilangan yosh chegarasi buzilishi bilan bog’liq. Shu bilan bir qatorda Amerikaning Arkanzas, Indiana hamda Yuta shtatlari ham shunday da'vo bilan sudga murojaat qilgan.
Shtat bosh prokurorining bayonotiga ko’ra, TikTok ijtimoiy media platformasi bolalar uchun mos ekanligini reklama qilishiga qaramay, voyaga yetmaganlar uchun nomaqabul kontentni namoyish etishda davom etmoqda. Sudga kiritilgan da’vo arizasida giyohvand moddalar, spirtli, ichimliklar, shahvoniy sahnalar namoyishi tez-tez uchrab turishi, platforma o’zini 12+ deb nomlab, ota-ona nazoratidan qochishi, aslida, 17+ deb baholanishi kerakligi qayd etilgan.
Jami 61 sahifalik shikoyatda TikTokga qarshi bo’lgan dalillar, iste’molchilarning huquqi buzilayotgan har bir qoidabuzarlik uchun 40 000$ miqdorida fuqarolik jarimasi talab qilingan.
Platforma ustidan shu kabi shikoyatlarning tushishi tobora ortib bormoqda. Ba’zi davlatlar esa uni allaqachon o’z mamlakatlari hududida bloklashgan. TikTok vakilining aytishicha, bolalar uchun himoya choralari, ota-ona nazorati va 18 yoshgacha bo’lganlar uchun vaqt cheklovlarini yaxshilashga harakat qilinmoqda. “Biz soha miqyosidagi muammolarni hal etishga tayyormiz va jamiyat xavfsizligini doim birinchi o’ringa qo’yamiz” deyiladi xabarda.