Gretsiyada minglab talabalar hukumatning shu paytgacha ta’lim bepul bo‘lgan mamlakatda xususiy universitetlarga ruxsat berish rejalariga qarshi namoyishda qatnashdi. Bu haqda “Euronews” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Afinada oliy ta’lim tizimini liberallashtirish va xususiy universitetlarning Gretsiyada faoliyat yuritishiga ruxsat berish rejalariga qarshi yana bir talabalar yurishi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishchilarga umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ham qo‘shilgan.
Qonun loyihasining muxoliflari ta’limning bepul va davlat xususiyatini saqlab qolish zarurligini ta’kidlamoqda. Ular Kiriakos Mitsotakis hukumatining islohotlari ularning ilmiy darajalarini “qadrsizlanadi” va davlat maktablari bitiruvchilarining ish imkoniyatlarini kamaytiradi, deb hisoblashadi.