Rossiyaning Vladivostok shahrida og'irligi qariyb 6 kg'ga teng qizaloq tug'ildi, deb xabar bermoqda, Gazeta.ru.
Unga ko'ra shahardagi 3-sonli tug'ruqxonada "pahlavon qiz" dunyoga kelgan va uning vazni 5760 gramm, bo'yi esa 53 sm ekanligi ma'lum qilingan.
Shifokorlarning ta'kidlashicha, ular chaqaloqning og'ir vaznda ekanligini bilishgan, ammo bu qadar katta tug'ilishini kutishmagan.
Hozirda onaning ham, chaqaloqning ham ahvoli ijobiy ekanligi aytilmoqda.
Avvalroq, 2023-yilning 29-dekabrida ham 5670 grammga teng "pahlavon yigitcha" tug'ilgan edi.