x

Jahon yangiliklari

Novosibirskdagi qishloqlarning birida istiqomat qiladigan o'qituvchi Oksana Kurilkina lotereyada 1 million rubl (140 million so'm) yutib oldi.

Uning aytishicha, onasi har yili bayram arafasida chiqariladigan lotereyalardan olib kelib bergan. 

O'qituvchi ular har Yangi yil bayrami oldidan lotereya chiptalarini sotib olishlarini ta'kidlab, shu safar omad kulib boqqanini qayd etgan va yutuqni onasiga berishini ma'lum qilgan.

Onam menga yangi yil lotereyasini sovg‘a qildi. Natijalarni tekshirishni boshlaganimizda, biz juda hayratda qoldik. Hatto bir so'z ham aytolmadim. Har yili Yangi yil bayramlari oldidan onam chiptalar beradi va bu safargi chiptalar omadli chiqdi, shuning uchun yutuq kelishi bilan onamga beraman, deb qaror qildim, – deydi o'qituvchi.

Ayni damda Oksana yutuqni olish uchun barcha hujjatlarni yig‘ib, Moskvaga jo‘natgan.

To Top ↑
To Top ↑