Mahalliy yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab va bog‘chalardan bolalarni o‘g‘rilashga urinayotgan ayol haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 18-mart kuni Toshkent shahar IIBBga fuqaro P.K. (1990-yilda tug‘ilgan) murojaat qilgan. U Yunusobod tumanidagi bolalar bog‘chasi oldida noma’lum ayol turgani va o‘zini g‘alati tutayotganini, kimni qidirayotgani so‘ralganida, adashib qolganini ma’lum qilgani haqida xabar bergan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida bog‘cha oldida turgan ayol Namangan viloyatida yashovchi I.K. (1988-yilda tug‘ilgan) ekani, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan. Ayol 2016-yilda farzandi va onasi bilan YTHga uchragan. Oqibatda onasi vafot etgan, o‘zi esa ruhiy kasal bo‘lib qolgan.
“Fuqaro I.K. tomonidan bolalarni o‘g‘irlashga urinish holati bo‘lmaganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.