Jahon yangiliklari
Sun'iy intellekt tizimi bo`lgan ChatGPT uch yil davomida 17 nafar shifokor aniqlay olmagan kasallikka tashxis qo`ydi.
Amerikalik Aleks ismli bola to`rt yoshda edi va u doimiy ravishda og`riqdan aziyat cheka boshladi. Uning onasi Kortni yordam berish uchun o`g`liga har kuni og`riq qoldiruvchi vositalar berib turardi. Bundan tashqari, bola tez-tez g`azablanadigan bo`lib qoldi. Keyinroq esa Aleks chap oyog`ini ishlatishda qiyinchiliklarga duch keldi.
Ona va bolaning 3 yil davomida shifokorlarga qatnovlari bekor ketdi. Ular qabuliga borgan 17 nafar shifokorning birontasi ham bolada qanday kasallik borligini aniqlayolmadi. Keyinroq Aleksda kuzatilayotgan alomatlar va tekshiruv natijalari ChatGPT`ga joylandi. Tarmoq esa bolaga juda kam uchraydigan tashxisni qo`ydi – orqa miya fiksatsiyalangan sindromi bilan kechuvchi umurtqa parchalinishi. Kasallik aniqlangandan so`ng Kortni o`g`lini olib borgan neyroxirurglar ham ushbu tashxisni tasdiqladi.
Shundan so`ng mutaxassislar jarrohlik amaliyotini o`tkazdi. Hozirda bola shifokorlar nazoratida va tuzala boshlagan.
Eslatib o`tamiz, San-Frantsiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari guruhi odamga muloqot qilish imkoniyatini qaytaruvchi neyroimplantni yaratdi.