Mahalliy yangiliklar
Turizm va madaniy meros vazirligi O‘zbekiston fuqarolari va chet ellik sayyohlarning chegaralarni kesib o‘tishning amaldagi tartibiga qo‘shimchalar kiritilayotgani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, endi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni chegaradan olib kirishda pasport yoki emlash sertifikatlarini taqdim etish, shu jumladan PZR-testini taqdim etish talab qilinmaydi va ular chegaralarni kesib o‘tishda ekspress testlardan o‘tmaydi.
Ushbu talab va qoidalar O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, dunyoning istalgan davlatidan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar uchun ham tegishli ekanligi qayd etilgan.