Jahon yangiliklari
Ko`zi ojiz bola gerpes virusi asosida tayyorlangan ko`zga tomiziladigan tomchilarni qo`llaganidan keyin ko`rdi, deb xabar beradi The Mirror.
14 yoshli Antonio Vento Karvaxal' kam uchraydigan irsiy kasallik bo`lgan distrofik epidermoliz bullosa tufayli umrining ko`p qismini ko`r bo`lib o`tkazdi.
Bu kasallik tufayli uning tanasi va ko`zlari hilvirab qolgan.
Ammo u Mayami universitetining Bascom Palmer Ko`z instituti doktori Al'fonso Sabater boshchiligidagi dunyodagi birinchi mahalliy gen terapiyasi klinik sinoviga qo`shilganida bu mo`'jiza bo`ldi.
Antonio oilasi 2012 yilda Kubadan AQShga maxsus viza bilan kelgan. Shu tufayli Antonio butun dunyo bo`ylab atigi 3000 kishiga ta'sir qiladigan kasallikdan davolandi. Uning ko`zidan chandiq to`qimasini olib tashlash uchun operatsiya qilindi, ammo u qaytib chiqdi. Antonioning ko`rish qobiliyati yomonlashdi va nihoyat u hatto yura olmadi.
Doktor Sabater o`sha paytda bolaga echim topishga va'da bergan va bu va'dasini bajargan. Uning jamoasi inaktiv gerpes virusi asosida maxsus ko`zga tomiziladigan tomchilarni ishlab chiqdi.
Preparatni sichqonlarda sinab ko`rganidan ikki yil o`tgach, Sabater jamoasi ko`zga tomiziladigan tomchilarni odamlarga qo`llashga ruxsat oldi. O`tgan yilning avgust oyida Antonioning o`ng ko`zini operatsiya qildi, shundan so`ng doktor Sabater uni tomchilar bilan davolashni boshladi.
Antonioning ko`zi operatsiyadan tuzalib ketdi, chandiq to`qimasi tiklanmadi va har oy yaxshilanib bordi. Yaqinda shifokorlar Antonioning o`ng ko`zining ko`rish qobiliyatini o`lchashdi va u juda yaxshi darajaga etdi.
Bu yil shifokor Sabater Antonioning chap ko`zini davolashni boshladi. Uning so`zlariga ko`ra, bolaning chap ko`zi ham yaxshilanib bormoqda.