x

Jahon yangiliklari

Joriy yilning 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga harbiy qo‘shinlarini kiritgan edi. BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel Twitter’da ma’lum qilishicha, shundan beri Ukrainani tark etishga majbur bo‘lgan bolalar soni bir millionga yetdi.

“Atigi 2 hafta ichida. Bir million bola Ukrainani tark etdi”, – deb yozadi Rassel.

Uning qo‘shimcha qilishicha, UNICEF hamkorlari bilan birgalikda Ukrainadagi mojaro zonalarida bo‘lgan bolalar va onalarga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. Tashkilot mamlakatning besh tumanidagi 22 shifoxonaga dori-darmon yetkazib beradi, bu yordam 20 ming bola va onani qamrab oladi.

To Top ↑
To Top ↑