Agar voyaga etmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o`rtasida kelishuv bo`lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va boshqa daromadidan quyidagi miqdorlarda:
- 1 bola uchun — to`rtdan bir qismi;
- 2 bola uchun — uchdan bir qismi;
- 3 va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. (Oila kodeksi 99-modda)
Bu to`lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko`paytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to`lash eng kam miqdori (920 000)ning 26,5 foizi (243 800 so`m) dan kam bo`lmasligi kerak.
Aliment to`lovchi biror joyda ishlasa xam, ishlamasa xam buni ahamiyati yo`q. Bir bola uchun eng kam aliment miqdori har oyda 243 800 so`m.