x

2024-yilda davlat oilalarni qo'llab-quvvatlash siyosatini davom ettiradi, deb yozdi Rossiyaning Bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova o'zining telegram kanalida.

Xususan, u quyidagi o'zgarishlarni alohida ta'kidlab o'tgan:

– ushbu yilda bolalar nafaqasi miqdori 7,5 ming rubldan 15 ming rublga, homilador ayollar uchun beriladigan nafaqa esa 8,4 ming rubldan 16,8 ming rublga oshiriladi;
– 1,5 yoshgacha farzandi bor ota-onalar mehnat ta'tilidan erta ketgan taqdirda ham  bola parvarishi uchun oylik nafaqa oladi;
– 1,5 yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa miqdori oyiga 17,8 ming rublgacha oshirildi;
– 1-fevraldan bola tug'ilganida beriladigan bir martalik to'lov (suyunchi puli) 24,6 ming rublni tashkil etishi belgilandi va hokazo.

To Top ↑
To Top ↑