x

Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqida Toshkent shahar sudi sud'yasi Ikrom Almanov ma'lumot berdi.

ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to`lashdan bo`yin tovlasa;
uzrsiz sabablarga ko`ra o`z bolasini tug`ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o`xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo`lsa;
muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo`lgan bo`lsa;
o`z bolalarining hayoti yoki sog`lig`iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog`lig`iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo`lsa.

To Top ↑
To Top ↑