Agar siz tilingizda qit'alarga o`xshash murakkab naqshni hosil qiladigan qizil dog`larni topsangiz, bu "geografik til" deb nomlangan kasallik alomatlari bo`lishi mumkin. Kasallikning paydo bo`lishining sabablari esa quyidagilar:
– Hazm organlari ishining buzilishi. Noto`g`ri ovqatlanish yoki zaxarlanish.
– Deskvamativ glossit. Ko`krak yoshidagi bolalarda tish chiqish paytida uchraydi.
– Qizlardagi gormonal o`zgarish. Birinchi menstruatsiya paytida.
– Anemiya. Ko`pincha og`ir darjadagi anemiyada uchraydi.
– Infektsiya. Ba'zi infetsion kasalliklarda mikroflora o`zgarishi hisobiga.
– Vitamin etishmovchiligi. Ayniqsa B12 etishmovchiligida.
– Endokrin tizimdagi o`zgarishlar.