Olimlar ona bo`lishni rejalashtirgan ayollarda yod taqchilligi bilan bog`liq yangi muammoni aniqladi.
Amerikalik tadqiqotchilar shunday xulosaga keldiki – homilador bo`lishni rejalashtirgan ayol organizmida yod etishmasligi bola tug`ish rejasining amalga oshmasligiga sabab bo`lishi mumkin.
Olimlar to`rt yil davomida farzand ko`rishga uringan juftliklarning salomatligi haqidagi ma'lumotlarni o`rganib chiqdi. O`rganish davomida ayollarning ko`pchiligida yod miqdori kam ekanligi ma'lum bo`ldi. 55% ayollarda u etarli ekanligi, 21% ida mo`'tadil tanqislik, 20% ida – o`rtacha, 1,7% ayollarda esa og`ir tanqislik holati aniqlandi.
Shifokorlar ota-ona bo`lishni istovchi juftliklarni organizmdagi kasalliklarni aniqlash masalasiga e'tibor qaratishni maslahat beradi. Shu jumladan, organizmda yod bilan bog`liq muammolarni bartaraf qilish uchun endokrinolog qabuliga borishni tavsiya qiladi.