Shamollash vaqtida ko`p suyuqlik ichish kerakligi haqida hammamiz bilamiz. Lekin qanday ichimliklar ichish kerak?
Biz kasal bola uchun ham mazali va ham foydali bo`lgan bir necha ichimliklar haqida aytmoqchimiz.
Bolani davolashda amalga oshiriladigan hamma amallar, shu jumladan tabiiy vositalarni qo`llash ham shifokor maslahatiga asosan bo`lishi kerak. Agar bolaning harorati 38 darajadan yuqori bo`lsa, yaxshisi issiq ichimliklardan voz kechish kerak.
Eng muhimi: bola issiq ichimlikni qabul qilgandan keyin issiq joyda o`tirishi kerak.
Maqsadga erishish (toksinlarni chiqarish) uchun ichimlikning iliq bo`lishi ham kifoya qiladi.
Asalli choy. Bir piyola choyga ikki choy qoshiq asal etarli bo`ladi. Asalni undan ko`proq qo`shsangiz allergiya qo`zg`atishi mumkin. Suyuqlikning harorati 40 darajadan yuqori bo`lmasligi kerak, chunki asal issiq suvda o`z foydali xususiyatlarini yo`qotadi.
O`simlik choylari. Moychechak, kalendula, toshcho`p, kalina, smorodina barglari va na'matak kabi o`simliklardan shamollashga qarshi ajoyib ichimliklar tayyorlash mumkin. Ularni alohida-alohida ham, birgalikda ham damlash mumkin. Bu o`simliklarning har biri yallig`lanishga qarshi va isitmani pasaytirish xususiyatlariga ega.
Lipa choyidan ehtiyotlik bilan foydalaning: ichimlikni kam dozalarda qabul qilish kerak, chunki u bolada asabiylik holatini keltirib chiqarishi mumkin. Kunni lipa choyini ichish bilan o`tkazsangiz – tunni albatta uyqusiz kechirishingiz turgan gap.
Olxo`ri qoqi, turshak kabi quruq mevalardan tayyorlangan ichimliklar ham juda foydali. Lekin ularni tayyorlashda shakarni ko`p qo`shib yubormang.
Klyukvali mors – shamollashga qarshi ichimliklar orasida eng foydalilaridan biri hisoblanadi: rezavor meva vitaminlarga juda boy va bakteriyalarni qirish xususiyatiga ega.