Havo o`zgarib borishi bilan maktab, bog`cha bolalarnining ko`pchiligida shamollash va gripp holatlari tez uchrab turadi, buning asosiy sabablaridan biri ko`pchilik bilan muloqot qilish, tabiiyki omma orasida kasalliklar yaxshi rivojlanadi va yuqish ehtimoli oshadi. Bu holat maktab o`quvchilariga nisbatan bog`cha bolalarida tezroq va ko`proq uchraydi. Asosan nafas yo`li orqali ya'ni bir havodan nafas olishi natijasida mikrob, bakteriya viruslar organizmga tushadi, bunda tana harorati ko`tarilishi 37,5 ; 38 gradus selsiygacha ko`tariladi. Vazni kam tug`ilgan, nimjon, surunkali kasaliklarga chalingan bolalarda 39, 40 gradus selsiyga chiqishi mumkin. Shu vaqtda yana burundan suv oqishi, quruq yo`tal bo`lishi mumkin, tana harorati ko`tarilganda oshqozon organlari zararlanishi, ich ketishi, ishtaha yoqolishi, qayd qilishi kuzatiladi. Bunday alomatlar bo`lganda ota onalarning asosiy vazifasi uydagi sirop, tabletkalardan foydalanib, 1-yordam ko`rsatishdir. Agar 1-yordamdan so`ng temperatura tez tushsa e'tiborsiz qoldirmasdan shifokorga ko`rsatish kerak, dori darmonning ta'sir kuchi tugaganidan so`ng charchagan organizim holsizlanadi va bola yana o`zini yomonroq his qilishi mumkin, kasallikni zo`rayishini tezroq oldini olish, shu alomatlar sezilishining 1-kunidan shifokorga ko`rsatish eng to`g`ri yo`l bo`ladi. Yana bolalarda tez-tez uchraydigan kasalliklardan biri Faringit bo`lib, tomoq shilliq qavatining yallig`lanishi bilan kechadigan kasallik. Terlagan xolda sovuq nimadur ichishi yoki eyishi natijasida bolada tomoq qichishi, yallig`lanish, kokrak qafasida ogriqlar kuzatiladi.
Faringit bilan birgalikda laringit – ovoz boylamining yallig`lanishi bilan kechadigan kasallik uchrashi mumkin. Laringit bilan og`rigan bolalarda quruq yotal kuzatiladi. Asosan 7 yoshlik bolalarda ko`p kechadigan bu kasallik birinchi alomatlari sezilganidan davolanmasa, nafas olishi qiyinlashishi, nafas qisishi mumkin, bu kasallik asosan ko`p shirinlik iste'mol qilish natijasidir. Bolalarga shirinlik bilan birgalik iliq suv ichirish, laringit kasalligini oldini olishda yordam beradi, Har qanday holatda, 1-yordamdan so`ng shifokorga ko`rsatish, bemorning sog`ligi bilan jiddiy shug`ullanish kerak.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi