Har bahor oylarida yoki yoz boshida bolalarda quyidagi belgilar kuzatiladi: doimiy charchoqlik, uyquchanlik, asabiychanlik, injiqlik, sochlar to`kilishi, lablarda yoriqlar paydo bo`lishi, tirnoqlar sinishi va ularning mo`rtligi. Bu belgilar birgalikda avitaminoz kasalligi belgilari hisoblanadi.
Ma'lumot o`rnida, organizmda ayrim vitaminlarning umuman etishmasligi avitaminoz deb yuritiladi. Organizmda vitaminlarning kamayishi esa, gipovitaminoz deb yuritiladi.
Avitaminoz holati mavsumiy kasallik hisoblanmasdan, balki bolalarda yil bo`yi uchrab turadi. Buning asosiy sababi bolalar: noratsional ovqatlantirish, sifatsiz konservalangan mahsulotlarni qabul qilish, noqulay ekologik muhit hisoblanadi.
Shuningdek, A va D vitaminlarini mustaqil holda qabul qilish mumkin. Ammo bu vitaminlarning organizmda miqdori oshib ketishi turli kasalliklarga olib keladi.
Masalan: organizmda A vitamini ko`payib ketganda suyak to`qimasi kasallilkari bo`lishi mumkin. Bolalar organizmida D vitamini oshib ketishi esa yurak, buyrak va suyak to`qimalari uchun xavflidir.