x

Bola ko`plab omillar ta'siri ostida o`sadi. Ulardan ba'zilari irsiydir, ammo yashash sharoitlari hamda atrof-muhit omillari kuchli ta'sirga ega va bolaning o`sishi va rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko`rsatishi mumkin.

Irsiy omillar

Bolaning o`sishiga irsiy omillarning ta'siri ko`pchilikka ma'lum.

O`g`il va qiz bolalarning tana vaznidagi farqni tug`ilgandanoq kuzatish mumkin.

Bir xil jins va yoshdagi sog`lom bolalarning bo`yi orasidagi farq katta bo`lishi mumkin.

Shuningdek, sog`lom bolaning o`sishi hayotning uchinchi yilidan boshlab va undan keyin asosan ota-onalarning o`rtacha bo`yiga bog`liq bo`ladi. Bu hodisa irsiy o`sish potentsiali deb ataladi.

Irsiy kasalliklar ham Daun sindromi,

Shereshevskiy-Tyorner sindromi (xromosoma kasalligi) yoki Prader-Villi sindromi (gen kasalligi) singari holatlarda bolaning o`sishiga ta'sir qiladi va bolalarda o`sish potensialini kamaytiradi.

Atrof-muhit omillari

Oziqlanish har bir bolaning o`sishiga katta ta'sir ko`rsatadi.

Bola immunitetini mustahkamlash va energiyaga bo`lgan asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun muvozanatlangan ratsionga ega bo`lishi kerak.

U oqsillar (ayniqsa, hayot uchun muhim aminokislotalar), yog`lar, uglevodlar, vitaminlar (ayniqsa, A va D), yod, temir, rux kabi elementlarni iste'mol qilishni o`z ichiga oladi.

Kichik yoshli bolalarda etarlicha oziqlanmaslik o`z vaqtida oziq-ovqat etishmovchiligini bartaraf etishni va bolalarning o`sishdan orqada qolishining oldini olish uchun ovqatlanishning etarli chastotasini talab qiladi. Bu esa shu davrda bolalarning alohida sezuvchanligi bilan bog`liq uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bolaning hayotidagi stressli vaziyatlar, masalan: qashshoqlik, oiladagi muammolar, bolalarga nisbatan zo`ravonlik va e'tiborsizlik kabilar, agar ular uzoq vaqt davom etsa, bolaning o`sishi va rivojlanishiga muntazam salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin.

Ba'zi dorilar, masalan, kortikosteroidlar yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida berilsa, o`sishni sekinlashtirishi mumkin.

Iqlim va ekologik sharoitlar ham o`sishga ta'sir ko`rsatadi.

Bolaning o`ziga bog`liq bo`lgan omillar

 O`sish sur'atlariga gormonlar, ayniqsa, o`sish gormoni va qalqonsimon bez gormonlari, shuningdek, balog`at davridagi jinsiy gormonlar bevosita ta'sir qiladi.

Butun bolalik va balog`at davrida o`sish gormoni normal o`sish sur'atini saqlab turishda muhim rol o`ynaydi.

Boshqa gormonlar: kortizol, insulin, paratgormon, ovqat hazm qilish gormonlari va to`qimalarning o`sish omillari almashinuv jarayonlarida muhim rol o`ynaydi, ular almashinuv jarayonlari orqali o`sishga ta'sir ko`rsatadi.

Buyrak, ichak, o`pka, yurak, jigar va immun tizimining orttirilgan surunkali kasalliklari paydo bo`lish vaqti, kasallikning og`irligi va davomiyligiga qarab, vaqtincha (kamdan kam holatlarda) yoki doimiy ravishda bolaning o`sishini sekinlashtirishi mumkin.

Bola tunda, uxlab yotganida o`sadi; shuning uchun o`sish bolaning faolligiga va uyqu davomiyligiga bog`liq.

Olimlar ta'kidlashicha, inson tanasining o`rtacha bo`yi hali ham o`sib bormoqda; bu o`sish ayollarga qaraganda erkaklarda ko`proq namoyon bo`ladi, bu turmush sharoitining yaxshilanishi natijasi hisoblanadi.

Farzandingizning o`sishini kuzatib boring, zarur holatlarda pediatr va boshqa mutaxassislarga murojaat qiling.

 

To Top ↑
To Top ↑