x

Tishlarimiz sog`lom bo`lishi uchun ularni muntazam tozalab turishimiz lozim.

Bugun kariyes degan tish kasalligi keng tarqalgan. Kariyes — bu tish emalining emirilishi. Yemirilish teshik paydo bo`ladigan darajaga etganda, issiq, sovuq, shirin, sho`r va nordon ovqatlarni iste'mol qilayotganimizda tishimizda og`riq his qilamiz. Tabiiyki, yaxshi ko`rgan taomingizni endi mazza qilib tanovul qilaman, deganingizda, bu holat ko`ngilni xira qiladi. Agar bemor o`jarlik bilan kariyesni davolamasa, yakunda u tishidan ayrilib qolishi mumkin.

 

Ha aytgancha, tishlarni muntazam tozalab turish tish parchalanishining oldini olishga yordam beradi.

Inson organizmi tish yuzasida kislotalilik oshishiga bardosh bera oladi. Ya'ni vujudimiz so`lak yordamida kislotani zararsizlantirishga qodir. Ammo me'yordan ko`p shirinlik iste'mol qiladigan bo`lsak, natijada ko`p qatlam yig`iladi. Qatlam - bu tish yuzasida to`plangan bakteriyalardir. Uning tarkibida mikroblardan tashqari suv (80-85%), organik moddalar (oqsillar, lipidlar, polisaxaridlar) va ba'zi minerallar mavjud bo`ladi.

Qatlam ham zararli. Chunki uning oqibatida og`iz bo`shlig`ida yomon hid va yoqimsiz ta'm hosil bo`lishi mumkin. Qolaversa, tishda tosh paydo bo`lishiga ham sabab bo`ladi.

 

Tishlarni muntazam va to`g`ri tozalash bilan biz qatlamlardan himoyalanamiz va kariyesning bizga ziyon etkazishiga hech qanday imkon bermaymiz. Tishlaringizga yoshlikdan e'tibor bering. Keyin kech bo`lishi mumkin!

 

To Top ↑
To Top ↑