Emlashning orasidagi muddat kamida 1 oy bo`lishi kerak.
Emlash vaqtida bola sog`lom bo`lishi lozim. Agar bolada shamollash belgilari bo`lsa, bola to`liq tuzalgach, 2-3 haftadan keyin emlanish kerak.
Bolani har emlashdan oldin shifokor pediatr ko`rigidan o`tkazish kerak.
Emlashdan keyin 1-2 kun bolani cho`miltirmaslik zarur.
Emlashdan oldin va emlashdan so`ng bir necha kun davomida bola ovqat ratsioniga yangi mahsulotlar qo`shmaslik darkor.
Emlashdan keyin bir necha kun bolani gavjum joylarga olib bormaslik lozim.
Agar bolada turli dori vositalariga reaktsiyalar, tutqanoq holatlari kuzatilsa, emlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.