x

Yurakning tug`ma nuqsonlari og`ir kasallik. Ular yangi tug`ilgan chaqaloqlar va hayotining birinchi yilidagi bolalar o`limi bo`yicha yuqori o`rinda turadi.

 

Hastalik rivojlanishining asosiy 6 ta sababi bor. Ular quyidagilardan iborat: stress, onaning surunkali yoki o`tkir infektsiyali kasalliklari, virusli xastaliklar, gormonal va neyrogumoral faktorlar hamda yaqin qarindoshlar o`rtasidagi nikoh. 

 

Shuningdek, homilador ayollardagi anemiya, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish, ba'zi dorilardan foydalanish ham homilaning sog`lom rivojlanishiga salbiy ta'sir etishi, natijada, bola tug`ma nuqsonlar bilan dunyoga kelishi mumkin.

 

Kasallikka chalingan bolalarda lablar, quloqlar va tirnoq ostidagi terining ko`karishi, terlash, yurakda shovqin, tez nafas olish, charchoq, ishtahaning pastligi, tana vazni ortishining sustligi, nafas olish paytida qovurg`alarning siqilishi, yurakning tez urishi kabi bir necha simptomlar kuzatiladi.

 

Uning oldini olish uchun homiladorlikni rejalashtirishdan avval bo`lajak ota-ona tor doiradagi mutaxassislar ko`rigidan o`tishi va aniqlangan xastaliklardan to`liq davolanishi lozim. Buning eng samarali yo`li homilador ayollarni skrining ko`rigiga o`z vaqtida jalb etishdir. 

 

 

To Top ↑
To Top ↑