x

Gripp yuqtirish va uning og`ir asoratlarini boshidan o`tkazish xavfi yuqori bo`lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti mavjud.

Unga quyidagilar kiradi:

▫️homilador ayollar;

▫️6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining ma'lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;

▫️60 yoshdan oshgan shaxslar;

▫️6 oylikdan 59 oylikkacha bo`lgan bolalar;

▫️tibbiyot xodimlari;

▫️“Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar.

To Top ↑
To Top ↑