Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bolalarni tez-tez o`pib erkalardilar. Zamonaviy tibbiyot ham buni ijobiy baholaydi.
Sunnat amallarning aslida insoniyat uchun qanchalik foydali ekanligini ta'kidlash ortiqcha. Bizning fitratimizda mavjud bo`lgan, vaqt o`tishi bilan odatiy holdek qabul qilinayotgan ko`plab musulmonlarga xos amallar aslida hayotimizda qanchalar ahamiyatga egaligini bilamizmi?!
Ona va bola surati
Ona bolasining peshonasidan o`pyapti. Peshonadan o`pilganda o`payotgan odamda ham, peshonasiga o`pich qo`ndirilgan odamda ham ajib bir tuyg`u paydo bo`ladi. Buning sababi peshonadagi «Uchinchi ko`z» hisoblangan epifiz (pineal) bezining mavjudligidir.
Yuzdan o`pishdan farqli holda peshonadan o`pganda insonning ruhiyatiga yaqinlashasiz. Agar farzandingiz injiqlik qilaversa, uni tinchlantirishning eng yaxshi yo`li peshonasidan o`pish.
Uyquga yotayotganida ham peshonasidan o`pib qo`ysangiz bola xotirjam va tiniqib uxlaydi. Shuningdek, bolaning basirati ochilib, aqliy malakasi mustahkamlanadi.
Zehni o`tkir, xotirasi kuchli bo`ladi. Gormonal o`zgarishlar ham me'yorda kechadi, o`ziga nisbatan ishonchi ortadi.
Qo`rquvlari kamayadi, gapingizga quloq soladi. Salohiyatli bo`lib voyaga etadi. Chunki peshonaning o`rta qismi zehnga ta'sir qilish nuqtasi hisoblanadi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bolalarning peshonalaridan o`pardilar, hozirgi zamon mutaxassislari ham buni tavsiya qilishmoqda.
Har bir ishida hikmat bo`lgan Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga so`ngsiz durudu salavotlar bo`lsin!
Turk tilidan Dilbar Rajabova tarjimasi