x

Kuniga ikki soatdan ortiq televizor ko`radigan o`g`il bolalarda ekran oldida vaqt o`tkazmaydigan tengdoshlariga qaraganda autizm (xotira susayishi)ga chalinish xavfi 3,5 baravar yuqori ekan.

Huddi shunday xulosaga Yaponiyaning Yamanashi universiteti olimlari olimlari tomonidan o`tkazilgan tadqiqot yakunida kelindi.

Tadqiqotda 84 000 nafar bolaning ota-onasidan farzandlari qancha vaqt televizor yoki DVD tomosha qilgani haqida hisobot berishni so`rashdi. Keyingi bir necha yil ichida olimlar bu bolalarning qaysi birida autizm tashxisi qo`yilganligini kuzatishdi.

Tashxis uch yoshgacha bo`lgan 330 nafar bolaga qo`yilgan. Ulardan 251 nafari o`g`il va 79 nafari qiz bola. Televizor ko`rmaydigan o`g`il bolalar bilan solishtirganda, kuniga 60 daqiqadan kam tomosha qilganlar keyingi ikki yil ichida autizmga chalinish ehtimoli 38 foizga ko`proqligi ma'lum bo`lgan. Kuniga ikki soatgacha televizor ko`rgan o`g`il bolalarda bu ko`rsatkich 2,16, to`rt soat tomosha qilganlarda esa 3,48 baravar yuqori bo`lgan. Biroq qizlarda bunday holat kuzatilmagan.

«Chaqaloqlik davrida, asab tizimi faol rivojlanayotganda, unga ekranlar orqali elektr va yorug`lik stimulyatsiyasi kabi atrof-muhit omillari ta'sir qilishi mumkin», deydi olimlar. Bu borada tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

Umuman olganda, ularning xulosalari Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga mos keladi. Bir yoshgacha bo`lgan bolalar ekran oldida vaqt qolmasliklari kerak. Ya'ni, televizor, komp'yuter va telefon bilan o`zaro aloqa juda yaqin bo`lmasligi lozim.

Nima uchun televizor ko`rish qizlarda autizm rivojiga sabab bo`lmagani aniq emas. Mutaxassislarning fikricha, o`zi odatda o`g`il bolalarda autizm tashxisi ko`proq uchraydi va buning ham sabablari to`liq aniqlanmagan.

To Top ↑
To Top ↑