Shundan kelib chiqib, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari yangi tug`ilgan chaqaloqlar va 6 oylikdan 1 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlarni to`g`ri ovqatlantirish bo`yicha ota-onalarga zarur tavsiyalar berib keladi.
Ularning xulosasiga ko`ra, olti oygacha bo`lgan go`daklar uchun eng yaxshi va maqbul taom — bu ona suti. Qo`shimcha ovqatlarni esa ayni shu davrdan boshlab bolajonlar ratsioniga kiritish maqsadga muvofiq.
Ular yog`siz va yaxshilab ezilgan meva, go`sht, sabzavot pyurelari, pishloq va yogurtlar bo`lishi mumkin.
Ammo bu davrda quyidagi oziq-ovqatlar kichkintoylarga berilmasligi kerak:
— asal va asal qo`shilgan mahsulotlar, shu jumladan, pishiriqlar (tarkibida botulizmni keltirib chiqaruvchi sporalar bo`lishi mumkin);
— Sigir suti (ichakda qon ketish ehtimolini yuzaga keltiradi, qolaversa, qiyin hazm bo`ladi);
— ovqatdan zaharlanish xavfi bo`lgan ovqatlar (xom yoki chala pishirilgan go`sht);
— pishirish yoki qaynatish jarayonida sarig`i qotmagan tuxum;
— pasterizatsiyalanmagan sut mahsulotlari;
— o`rmon qo`ziqorinlari;
— konfetlar, saqich, qattiq pechen'e va qotirilgan non bo`laklari;
— tarkibida kofein moddasi mavjud ichimliklar, shu jumladan choy (ularni ikki yoshgacha bermaslik zarur).