x

Hozirgi kunda ota-onalar farzand tug`ilishidan oldin, ushbu muhim qadam oldidan o`z sog`ligini tartibga solib, farzandini ehtimoliy kasalliklardan himoya qilishga intilmoqda. Shunga qaramay, bola ota-onadan ko`plab kasalliklarni yuqtirishi mumkin va birinchi navbatda, bu onadan o`tadigan kasalliklardir. Bolaga onadan irsiy, yuqumli, virusli va endokrin kasalliklar o`tishi mumkin.

Masalan, pul'monologik kasalliklardan bronxial astmani olaylik. Agar onada bronxial astma bo`lsa, bolaga o`tish ehtimoli 40 foizni tashkil etadi. Agar ushbu kasallik ham otada, ham onada bo`lsa, bolaning kasallanish ehtimoli 80 foizni tashkil etadi. Bu ko`pincha allergik kasalliklarga moyilligi yuqori bo`lgan oilalarda kuzatiladi. Shuningdek, irsiy kasalliklardan mukovistsidozda ham shu kasallik genini tashuvchi bo`lgan ota-onadan 25 foiz holatda xastalikka moyil bola tug`iladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bolaning erkin nafas olishida eng muhim omil to`g`ri parvarishdir.

Kasallikdan davolanib chiqqan bola ulg`aygach, kasalliklar asorati qaytalash yoki yo`qligi uning qanday kasallik bilan kasallanganiga bog`lik. Yengil respirator kasalliklar bilan kasallangan bolalarda keyinchalik deyarli hech qanday asoratlar kuzatilmaydi. Ammo immun tizimi sustlashgan va hamroh kasalliklari bo`lgan bolalarda asoratlar uchrash ehtimoli yuqori. Bolalarda qon aylanish va himoya tizimining yaxshi rivojlanganligi sababli kasallikning surunkali shakliga o`tishi kam uchraydi, lekin bola atrofdagi odamlardan doimiy ravishda “bakterial oziqlanish” oladigan bo`lsa, surunkali kasallik xavfi bir necha bor ortadi.

Shuning uchun kasallikni bolalarda o`z vaqtida davolanishi kelajakda (ular katta bo`lganda) bir qator ichki a'zo va tana tizimlarining og`ir asoratlari profilaktikasi bo`lib xizmat qiladi.

 

To Top ↑
To Top ↑