Tug`ma yurak nuqsonlarining turlari juda ko`p. Shu bois, davolash ishlari kasallikning turiga qarab belgilanadi. Deylik, ochiq arterial protok shunday turlardan biri. Bola olti oylik bo`lgunicha, organizmdagi fiziologik o`zgarishlar tufayli bu tug`ma yurak nuqson turi kichik hajmda bo`lsa o`z-o`zidan yopilib ketish imkoni bo`ladi.
Qisqasi, har bir kasallikni davolashning o`z standartlari bor. Davolash ishlarini shu asosda tashkil etish uchun bemor doimo shifokor kuzatuvida bo`lishi lozim.
Shuni unutmaslik kerakki, tug`ma yurak nuqsoni bilan xastalangan bolani parvarishlashda to`g`ri ovqatlantirish, o`z vaqtida uxlatish barobarida, oilada tozalik va gigiyena qoidalariga ham to`la rioya etilishi kerak. Aks holda, bolada surunkali infektsiyali jarayonlar yuzaga kelishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqarishi, bemorning ahvolini yanada og`irlashtirishi mumkin.
Yana bir muxim xolat, tug`ma anomaliyalar, ya'ni tug`ma yurak nuqsoni va markaziy nerv sistemasi, oshqozon-ichak tizimi va boshqa a'zo- sistemalarning tug`ma anomaliyasi birgalikda kelishi holatlarida davolash taktikasini belgilash juda ham qiyin hisoblanadi, bunday holatlarda bola hayoti uchun xavf tug`dirayotgan holat birinchi bo`lib davolanishi kerak.