Ichaklarda gaz hosil bo`lishi –3 oylikkacha bo`lgan chaqaloq organizmi uchun normal holat hisoblanadi. Gazlar oshqozon-ichak tizimida quyidagi sabablar natijasida paydo bo`ladi:
Bolakay emish vaqtida havo yutishi;
Kislotali oshqozon shirasi ichakka tushishi va ichakda oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan fermentlar natijasida neytrallanishi;
Ayrim bakteriya mikroflorasi ko`payishi natijasida ovqat mahsulotlarining parchalanishi;
Sun'iy oziqlantirish;
Ona hamda bolaning antibiotiklar qabul qilishi;
O`tkir ichak infektsiyalari;
Sutdagi laktozani parchalaydigan ferment etishmovchiligi.