x

Bolani beshikka belash tayanch-harakat tizimlari rivojlanishiga muayyan darajada salbiy ta'sir etadi deyishadi. Bu borada shifokorlar qanday fikrda?

– Beshikka belash chanoq (buksa) bo`g`imida displaziya aniqlangan va davolanayotgan bolalarda og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, qiz bolalarda buksa bo`g`imining og`ir darajadagi artrozlarini keltirib chiqarishi va nogironlikka sabab bo`lishi mumkin. Shunday kasalligi bo`lgan bolalarni beshikka belashda ehtiyot bo`lish kerak.

Bolani beshikka yotqizishdan oldin uning vujudi siqib yo`rgaklanadi, qo`llari bog`lanadi, oyoqlari ham bir-biriga juda yaqin qilib o`raladi. Bu juda noto`g`ri. Bolani beshikka yotqizishdan oldin uning vujudi siqib yo`rgaklanadi, qo`llari bog`lanadi, oyoqlari ham bir-biriga juda yaqin qilib o`raladi.davrda bunday o`rab-chirmab qo`yish sog`lig`iga jiddiy salbiy ta'sir qiladi. Bundan tashqari, ba'zi onalar uy-ro`zg`or ishlari bilan bandligini ro`kach qilib, bolani beshikda uzoq vaqt qoldiradi. Natijada jadal o`sadigan davrda bola organizmi erkin harakat qilishdan mosuvo bo`lishi, keyinchalik sog`lig`iga, ayniqsa, tayanch-harakat tizimlarining risoladagidek rivojlanishiga ta'sir o`tkazmay qolmaydi. Shu bois, ona bolani yo`rgaklashda yuqorida aytganimizdek, oyoqlar orasini katta ochib, qo`llarini bo`sh qo`yishi, gavda bemalol harakatlanishi uchun sharoit yaratishi maqsadga muvofiqdir. Farzandinggizni yoshligidan sog`lom parvarish qiling.

 

To Top ↑
To Top ↑