x

Mamlakatimizda milliy emlash kalendari mavjud bo`lib, jadval asosida bolalarga turli kasalliklarga qarshi emlash olib boriladi. Ushbu jarayonni to`g`ri tashkil etish shifokor bilan bir qatorda onalarga ham bog`liq.

Emlash orasidagi muddat kamida 1 oy bo`lishi kerak. Emlash vaqtida bola sog`lom bo`lishi lozim. Agar bolada shamollash belgilari bo`lsa, bola to`liq tuzalgach, 2-3 haftadan keyin emlanish kerak.

Bolani har emlashdan oldin shifokor pediatr ko`rigiga olib borish. 

Emlashdan keyin 1-2 kun bolani cho`miltirmaslik kerak.

Emlashdan oldin va emlashdan so`ng bir necha kun davomida bola ovqat ratsioniga yangi mahsulotlar qo`shmaslik.

Emlashdan keyin bir necha kun bolani gavjum joylarga olib bormaslik lozim.

Agar bolada turli dori vositalariga reaktsiyalar, tutqanoq holatlari kuzatilsa, emlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

To Top ↑
To Top ↑