Kichkintoylar yostiqdan xavfsiz foydalanishlari mumkin bo`lgan yosh farq qiladi. Amerika Pediatriya Akademiyasi 2 yoshgacha bo`lgan chaqaloqqa yostiqdan foydalanishni tavsiya etmaydi. Yostiqdan foydalanishdan oldin bolaning elkalari boshidan kattaroq bo`lgani ma'qul.
Nega kichik yoshdagi bolalarga yostiqlardan foydalanishga qarshi ko`rsatma bor? Eng yuqori xavf bolalardagi tasodifiy o`lim sindromi bilan bog`liq, bolaning uyqu payti yostiqda noto`g`ri holatda o`rnashib qolishi bilan nafas qilishi yoki dimlanib qolishi mumkin!
Qolaversa, insonning bo`yin umurtqalaridagi oldinga bo`lgan tabiiy egrilik ham boshning og`irligi hisobiga tabiiy hosil bo`ladi, barvaqt yostiqlardan foydalanish qad-qomatning holatiga ham jiddiy ta'sir qiladi.
Ammo ayrim turdagi mushak-bo`g`im kasalliklarida ortoped maxsus yostiqlardan barvaqt foydalanishga ko`rsatma berishi mumkin!