x

Ota-ona farzandi yaxshi ta'lim olishi, ovqatlanishi, kasal bo`lmasligi va dars tayyorlashi uchun kerakli bo`lgan barcha ma'lumotlarni biladi. Lekin farzand salomatligiga zarar etkazishi mumkin bo`lgan ayrim detallar haqida bexabar bo`lishi mumkin. “Domashniy ochag” jurnali qanday o`quv qurollari bola sog`lig`i bilan bog`liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqidama'lumot beradi.

Maktab sumkasi

Zamonaviy, yorqin maktab sumkalarining ko`pi, tarkibida zararli bo`lgan ftalat va qo`rg`oshin bo`lgan vinil yoki polivinilxloriddan tayyorlanadi. Mazkur birikmalar bola terisi bilan muntazam kontaktda bo`lishi moddalar almashinuvining buzilishi, astma hamda qandli diabetga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar maktab sumkalarini xarid qilishda tabiiy mato — paxta va lyon yoki neylon va poliyefir singari sintetik toladan tayyorlanganiga e'tibor qaratishni tavsiya qiladi. Yorqin va yaltiroq qo`shimcha hamda nakleykali sumkalarni ishlab chiqarishda ham zararli moddalar ishlatilgani bois bunday sumkalar sotib olmaslik maslahat beriladi.

Tushlik taomi solinadigan maxsus qutilar

Plastik, xususan, bolalar taomini solish uchun mo`ljallangan maxsus idishlarni ishlab chiqarishda ham yuqorida zararli ekani ta'kidlangan ftalat moddalarni o`z ichiga oladigan vinilli plastiklar ishlatiladi. Ftalat plastikning egiluvchan va mustahkamligini ta'minlaydi, lekin shu bilan birga bir qancha jiddiy kasalliklar paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Gap shundaki, uchuvchan hisoblangan ushbu moddalar taom hamda ichimlikka aralashishi mumkin bo`ladi.

Rangli bo`r qalamlari

AQShda o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, aksari maktab bo`r qalamlari va qalam markalarida uzoq ta'siri o`pka saratonini keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan asbest borligi aniqlangan. Maktab o`quv-qurollarida asbest sezilmas darajada ishlatilganiga qaramay, mutaxassislar bola organizmini hatto oz miqdordagi toksin ta'sirida qoldirish kerak emas degan xulosaga kelgan. Bolalar uchun zararsiz hisoblangan asalari mumidan tayyorlangan bo`r qalamlarni ishlatish tavsiya qilinadi.

Rangli flomasterlar

Ko`p flomasterlar tarkibida leykemiya, ya'ni oq-qon kasalligi hamda jigar va buyrak faoliyatini yomonlashishiga olib keluvchi — benzol bo`ladi. Uzoq vaqt davomida benzol bug`idan nafas olish bosh aylanishi, og`rishi va uyquchanlikka olib kelishi mumkin. Shu sababdan maktab bozori qilish vaqtida tarkibi va nimadan tayyorlanganini yaxshilab o`rganing. Benzolni ichiga oladigan o`quv-qurollarni xarid qilmang.

To Top ↑
To Top ↑