Hozir zamonaviy tibbiyotda qandli diabetning 1-turi maolajasida insulin pompa terapiyasi yaxshi samara bermoqda.
Bu davo turi yuqori texnologik jarayon asosida organizmga insulin garmonining bir me'yorda berib turilishi va qand ko`rsatgichlari nazoratda bo`linishini ta'minlaydi.
Diabetning 1-turidan butunlay tuzalish imkonsiz bo`lsa-da, lekin ba'zi hollarda bez faoliyatini me'yorda ushlab turib, parhezga amal qilinsa, kasallik bemorni ortiqcha bezovta qilmaydi.
Doimiy ravishda sun'iy insulin qabul qilish talab etiladi. Bu modda oshqozon-ichak traktida parchalanib ketishi bois, u faqat inektsiya orqali ovqatlanish vaqtida kiritiladi.
Qat'iy parhezga amal qilib, ovqat ratsionidan engil hazm bo`luvchi uglevodlarni (shakar, shirinliklar va mevali sharbatlar) butunlay chiqarib tashlash kerak.
Diabetning bir hamda ikkinchi turi chidamli shakllarini butunlay davolashning imkoni yo`q.
Lekin doimiy nazorat ostida bo`lgan va shifokor tavsiyalariga amal qilgan holda kasallik asoratlarining oldini olish yoki butunlay cheklash mumkin.
Kasallik uzoq davom etganda, barcha a'zolarda o`ziga xos o`zgarishlar yuzaga keladi: yurak va qon tomirlari, ko`z, buyrak, nerv tizimidagi o`zgarishlar, infektsion asoratlar, jarohatlarning qiyin bitishi shular sirasidandir.
Bu asoratlarga qarshi o`zboshimchalik bilan davo choralari izlamasdan, albatta, shifokor tavsiyalariga amal qilish shart.
Shahnoza Azimova,
bolalar endokrinologi,
tibbiyot fanlari nomzodi