Bolada holsizlik, bezovtalik, burun oqishi, aksirish, burun bitishi, tana haroratining ko`tarilishi, ishtahasizlik – bu gripp (O`RVI) ning ilk alomatlaridan hisoblanadi.
O`RVI ni adenovirus, rinovirus, gripp, paragripp viruslari va boshqa turdagi viruslar keltirib chiqaradi. Shu sababli yuqoridagi belgilar boshlanishi bilan virusga qarshi preparatlar qo`llash maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari uy sharoitida xonani tez-tez shamollatib turish, bolani qulay qilib kiyintirish (ya'ni judayam isib ketmasligi, sovib ham ketmasligi lozim), to`g`ri ovqatlantirish, bu yoshdagi bolalar ko`proq ona suti bilan oziqlanishi tavsiya etiladi, chunki ona sutida immunoglobulinlar ko`p bo`lib, bolaning immuniteti oshishiga yordam beradi, toza havoda sayr qilish ham yaxshi yordam beradi.