Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ona qornidagi homila tashqi muhitdagi ovozlarni eshitadi. Rivojlanishning 5-6 haftasida homilada bosh miya shakllanadi, 8-10 haftada esa eshitish analizatorlari paydo bo`ladi. Dastlab, homila ona organizmidagi yurak urishi, tomirlardagi qon harakatini eshitadi. 12-16 haftadan boshlab barcha ovozlarni eshita boshlaydi.
Homiladorlikning 24 haftasidan boshlab, homila onasini va onasi bilan ko`p muloqot qiluvchi insonlarning ovozlarini taniy boshlaydi. Shu bois tug`ilgan chaqaloq ko`plab tovushlar orasidan ota-onasining ovozini ajrata oladi. Ona homiladorlik vaqtida eshitishga odatlangan musiqalar tug`ilgan chaqaloqqa tinchlantiruvchi ta'sir ko`rsatadi, chunki chaqaloq homiladorlik xotirasi bilan dunyoga keladi.